date

Metropolitenda xavfsizlik talablarini buzganlar uchun jarima joriy etildi

Metropolitenda xavfsizlik talablarini buzganlar uchun jarima joriy etildi

Metropoliten va temiryo‘l transportida harakat xavfsizligi talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Bu joriy yilning 5 fevral kuni qabul qilingan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunda aks etgan.

Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, temiryo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va yo‘lovchi tashish xavfsizligi qoidalarini buzish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Xususan, mazkur qoidabuzarliklar uchun mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima solinishi belgilandi.

Shuningdek, temiryo‘l transporti va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi buzilishi bilan bog‘liq hodisa yoki holat haqidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish ham mansabdor shaxslar uchun BHMning 10 baravari miqdorida jarimaga sabab bo‘lishi nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, avtomobil transporti sohasida ham javobgarlik choralari kuchaytirildi. Jumladan, tegishli guvohnomalar yonida bo‘lmagan holda yo‘lovchi tashish, yo‘l haqi tariflarini asossiz oshirish, muntazam yo‘nalishlar bo‘yicha tasdiqlangan qatnov jadvaliga amal qilmaslik, shuningdek, tasdiqlangan yo‘nalish sxemasidan chetga chiqish BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Metropolitenda xavfsizlik talablarini buzganlar uchun jarima joriy etildi