date

Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda Farg‘onada katta shifoxona barpo etiladi

Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda Farg‘onada katta shifoxona barpo etiladi

Farg‘ona viloyatida xalqaro standartlarga mos, 800 o‘rinli ko‘p tarmoqli shifoxona barpo etiladi. Ushbu loyiha O‘zbekistonning KOC Construction kompaniyasi va Saudiya Arabistonining Vision International Investment kompaniyasi hamkorligida amalga oshiriladi.

Viloyat hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, tender g‘olibi shifoxonani uch yil ichida loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashi va to‘liq qurib bitkazishi kerak bo‘ladi.

Yangi tibbiyot markazida kardiojarrohlik, neyroxirurgiya, transplantatsiya kabi murakkab va yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar ko‘rsatish rejalashtirilgan. Loyiha nafaqat Farg‘ona viloyati, balki unga tutash hududlar aholisiga ham xizmat qiladi.

Mazkur shifoxonaning foydalanishga topshirilishi mintaqadagi tibbiy xizmat sifati va qulayligini sezilarli darajada oshiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda Farg‘onada katta shifoxona barpo etiladi