date

O‘zgidromet kuchli yomg‘ir va shamoldan ogohlantirdi

O‘zgidromet kuchli yomg‘ir va shamoldan ogohlantirdi

Joriy yilning 10–13 fevral sanalarida O‘zbekiston hududi tomon nam va sernam havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” tomonidan tezkor ogohlantirish berildi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakat bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir (shimoliy hududlarda qorga aylanishi mumkin) kuzatiladi, ayrim manzillarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi ehtimoli bor.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ham yog‘in-sochin (yomg‘ir, qor) kuzatilib, ba’zan jadal tus olishi mumkin.

Shuningdek, respublika miqyosida ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayniqsa, 10-fevral kuni ba’zi hududlarda shamol ayrim paytlarda 20–23 m/s gacha yetishi mumkin.

Sinoptiklar ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishini inobatga olib, ehtiyotkorlikni unutmaslikni tavsiya qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zgidromet kuchli yomg‘ir va shamoldan ogohlantirdi