date

Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga xavfsizlik bo‘yicha ogohlantirish berildi

Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga xavfsizlik bo‘yicha ogohlantirish berildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada vaqtinchalik yashayotgan yoki bo‘lib turgan vatandoshlarni shaxsiy xavfsizlikni oshirish va bir qator muhim qoidalarga rioya qilishga chaqirdi.

Konsulxona tavsiyalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar shubhali vaziyatlardan uzoqda bo‘lishi, ommaviy yig‘in va namoyishlarda qatnashmasligi, gavjum joylarda esa hushyorlikni oshirishi kerak.

Shuningdek, agar huquqlari buzilsa yoki favqulodda holatga duch kelsa, zudlik bilan mahalliy huquq-tartibot idoralari (155 – Politsiya, 156 – Jandarmeriya) yoki Bosh konsulxonaning 24/7 ishonch telefoniga murojaat qilishi tavsiya qilinadi.

Konsulxona shuningdek, Turkiyada hujjatlarni rasmiylashtirish, firibgarlik va ruxsatsiz taksi xizmatlaridan ehtiyot bo‘lishni ham eslatdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, “Hurmatli vatandoshlar, sizning huquq va manfaatlaringiz davlat himoyasidadir!”

Ushbu tavsiyalar Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonliklarning xavfsizligini ta’minlash va ehtiyot choralarini kuchaytirishga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga xavfsizlik bo‘yicha ogohlantirish berildi