O‘zbekistonda sovuq kuchayadi: ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda sovuq kuchayadi: ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston hududlarida yaqin kunlarda ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Xususan, mamlakatga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida harorat pasayib, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik qorga aylanadi. Bu haqda O‘zgidromet rasmiy ogohlantirish bilan chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 9 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 10–12 noyabr kunlari esa respublikaning qolgan qismiga sovuq va nam havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Buning natijasida mamlakat bo‘ylab ob-havoning keskin o‘zgarishi kuzatiladi.

Qayd etilishicha, 9–11 noyabr kunlari respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, 10–11 noyabr kunlari mamlakatning shimoliy va tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, respublika ayrim hududlarida shamol tezligi sezilarli darajada kuchayib, 13–18 m/s gacha yetishi mumkin.

Havo harorati ham bosqichma-bosqich pasayadi. Jumladan, 9 noyabr kuni respublikaning shimoliy hududlarida, 10–12 noyabr kunlari esa qolgan hududlarda haroratning asta-sekin tushishi prognoz qilinmoqda.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, shimoliy hududlar va cho‘l zonalarida kechasi havo harorati 2–7 daraja sovuqqacha, kunduzi esa 3–8 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublikaning boshqa hududlarida esa tungi harorat 0–5 daraja iliqqacha, ayrim joylarda 1–2 daraja sovuqqacha, kunduzgi harorat esa 7–12 daraja iliqqacha tushishi kutilmoqda.

Shu tariqa, noyabr oyining ikkinchi haftasida O‘zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan sovuq va yog‘ingarchilikli ob-havo aholidan haroratdagi o‘zgarishlarni inobatga olishni talab etadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar