date

“Askiya” bozori faoliyati kamchiliklar sabab to‘xtatildi

“Askiya” bozori faoliyati kamchiliklar sabab to‘xtatildi

Toshkent shahridagi “Askiya” dehqon bozorida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilmagani aniqlanib, uning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, poytaxtdagi bir qator bozor va savdo majmualarida davlat yong‘in nazorati doirasida tekshiruvlar o‘tkazilgan. Tekshiruvlar davomida bir nechta obyektlarda yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan.

Xususan, Yakkasaroy tumanida joylashgan “Askiya” dehqon bozorida aniqlangan kamchiliklar uning umumiy holati belgilangan talablarga javob bermasligini ko‘rsatgan. Shu sababli bozor elektr ta’minotidan uzilib, faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Chilonzor, Uchtepa va boshqa tumanlardagi ayrim bozor va savdo markazlarida ham kamchiliklar aniqlanib, elektr ta’minoti vaqtincha cheklangan. Rasmiylarga ko‘ra, barcha kamchiliklar bartaraf etilgach, obyektlar faoliyati qayta tiklanadi.

FVV bu choralar tadbirkorlar faoliyatini cheklash emas, balki aholi gavjum joylarda xavfsizlikni ta’minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilganini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Askiya” bozori faoliyati kamchiliklar sabab to‘xtatildi