Oilalardagi eng katta muammo aslida telefon ekan

1 daqiqa o'qish73
Oilalardagi eng katta muammo aslida telefon ekan
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • "Ijtimoiy fikr" markazi o‘tkazgan sotsiologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar zamonaviy oilalardagi asosiy muammo sifatida telefon, internet va ijtimoiy tarmoqlarni ko‘rsatmoqda.
  • So‘rov ishtirokchilarining qariyb yarmi — 45 foizi gadjetlar oilaviy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlagan bo‘lib, bu ko‘rsatkich hatto moliyaviy muammolar va er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan ham yuqori chiqdi.

O‘zbekistonliklar zamonaviy oilalardagi asosiy muammo sifatida telefon, internet va ijtimoiy tarmoqlarni ko‘rsatmoqda. Bu haqda “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi sotsiologik tadqiqot natijalarida ma’lum qilindi.

So‘rov ishtirokchilarining qariyb yarmi — 45 foizi gadjetlar va ijtimoiy tarmoqlarni oilaviy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan eng muhim omil deb baholagan. Bu ko‘rsatkich hatto moliyaviy muammolar (41,7 foiz), er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklar (28,3 foiz) hamda qarindoshlarning ortiqcha aralashuvi (21,3 foiz)dan ham yuqori chiqqan.

Tadqiqot natijalari yoshlar orasida mazkur masala yanada dolzarb ekanini ko‘rsatdi. Xususan, 18–24 yoshli ishtirokchilarning 51 foizi, 25–34 yoshdagilarning 46,2 foizi va 35–44 yoshlilarning 46,1 foizi telefon va ijtimoiy tarmoqlarni oiladagi asosiy muammolardan biri sifatida qayd etgan.

Mutaxassislar, shuningdek, mustahkam oila qurish va ajrimlarning oldini olishga xizmat qiluvchi omillarni ham o‘rgandi. Respondentlar fikricha, o‘zaro hurmat va ishonch, qiyin vaziyatlarda bir-birini qo‘llab-quvvatlash, samimiy muloqot hamda murosa qilish qobiliyati baxtli oilaning asosiy poydevori hisoblanadi.

Qizig‘i, ishtirokchilarning bir qismi telefon va ijtimoiy tarmoqlarga ortiqcha bog‘lanishni kamaytirish ham oilaviy munosabatlarni yaxshilashga yordam berishini ta’kidlagan.

Tadqiqot mualliflari xulosasiga ko‘ra, bugungi kunda oila institutiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillar orasida raqamli texnologiyalar yetakchi o‘rinlardan birini egallamoqda. Shu bilan birga iqtisodiy qiyinchiliklar va insonlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq masalalar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni paytda mamlakatdagi oilalarning umumiy baxtlilik darajasi yuqori ekani qayd etildi. Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston oilalarining baxtlilik indeksi 0,618 ballni tashkil etgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?