date

O‘zbekistonda chorva va baliq mahsulotlariga QQS imtiyozi kengaytirildi

O‘zbekistonda chorva va baliq mahsulotlariga QQS imtiyozi kengaytirildi

O‘zbekistonda ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha yengilliklar yanada kengaytirildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan yangilangan ro‘yxatga ko‘ra, QQSning nol stavkasi qo‘llaniladigan agrar mahsulotlar soni 518 taga yetdi.

Yangi qaror bilan ushbu ro‘yxatga qo‘shimcha 14 turdagi mahsulot kiritildi. Endilikda ishlab chiqaruvchilar sotadigan tirik baliq, qoramol va mayda chorva mollari, jumladan sigir, buqa, qo‘y, echki, shuningdek ot, cho‘chqa, tuya, eshak, asalari qoplari, ipak qurti hamda ferula ko‘chatlari va qatronlari QQSdan ozod qilinadi, ya’ni ularga nol stavka qo‘llanadi.

Bundan tashqari, avvaldan amal qilib kelayotgan imtiyozlar ham saqlab qolindi. Xususan, meva-sabzavot mahsulotlari, dukkaklilar, ziravorlar, go‘sht, tuxum, baliq va dengiz mahsulotlari, sut mahsulotlari hamda turli ko‘chatlar uchun QQS bo‘yicha yengilliklar davom etadi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur qaror ichki bozorda oziq-ovqat narxlarini barqaror ushlab turish, ishlab chiqaruvchilarning soliq yukini kamaytirish hamda chorvachilik, baliqchilik va boshqa agrar yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda chorva va baliq mahsulotlariga QQS imtiyozi kengaytirildi