To‘y paytida yong‘in chiqdi, mehmonlar esa raqsni davom ettirdi

Turkiyaning Hatay viloyatida bo‘lib o‘tgan to‘y kutilmagan hodisa sabab ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, osmonga otilgan mushaklar natijasida to‘yxona yaqinidagi quruq o‘tlar yonib, alanga qisqa vaqt ichida bino tomiga ham tarqalgan.
Xabar berilishi bilan voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Ular yong‘inni tezda nazoratga olib, alanganing yaqin atrofdagi uylar va boshqa inshootlarga o‘tishining oldini olgan.
Hodisa oqibatida to‘yxona tomining bir qismi va yaqinidagi zaytun daraxti zarar ko‘rgan. Yaxshiyamki, voqea sabab hech kim jarohatlanmagan.
Eng e’tiborli jihati esa yong‘in sodir bo‘layotganiga qaramay, to‘y mehmonlarining bir qismi halay raqsini davom ettirgani bo‘ldi. Alanga ko‘tarilib turgan bir paytda ham raqsni to‘xtatmagan mehmonlarning holati aks etgan kadrlar internetda keng tarqaldi.






























Izohlar 0
…