Buxoroda neft saqlash omborida yong‘in sodir bo‘ldi

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida joylashgan neft saqlash omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Bugun, 15 sentyabr kuni ombordagi rezervuarlardan birida yong‘in chiqqanligi haqida Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Xabar olinishi bilan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga tezkor ravishda yetib borgan. Mutaxassislar tomonidan yong‘inni o‘chirish va uning tarqalishining oldini olish ishlari olib borilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Yong‘in soat 11:18 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hozircha yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmadi.































Izohlar 0
…