O‘zbekistonda 23 oktyabr kuni havo qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda 23 oktyabr kuni havo qanday bo‘ladi?

O‘zgidromet ertaga, 23 oktyabr kuni O‘zbekiston hududlarida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi. Mamlakatning aksariyat qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo 17–22 darajagacha iliydi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Harorat kechasi 6–8, kunduzi 19–21 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida kechasi harorat 1–6 daraja iliq, ayrim joylarda 2 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Kunduzi 15–20 daraja iliq kuzatiladi.

Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 3–8, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kechasi 5–10, kunduzi 20–25 daraja iliqni tashkil etadi. Bu hududlarda kunduzi respublikadagi eng yuqori haroratlardan biri kuzatiladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 3–8, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 1–6, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublika bo‘ylab sharqiy yo‘nalishdagi shamol esadi. Ayrim hududlarda uning tezligi sekundiga 7–12 metrga yetadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar