Qish oldidan O‘zbekistonda havo harorati ko‘tariladimi?

«O‘zgidromet» 23 noyabr, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, hafta boshida mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati 28 darajagacha ko‘tariladi. Biroq viloyatlar bo‘yicha ob-havo bir-biridan farq qiladi: ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda esa shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan soniyasiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 11–13 daraja, kunduzi esa 24–26 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Kechasi 5–10 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechga tomon ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan esadigan shamol tezligi 7–12 metr/sekundni tashkil etadi, ba’zi joylarda esa 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi va chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat Buxoroda kechasi 10–15, kunduzi 20–25 daraja, Navoiy viloyatida esa kechasi va kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. G‘arbdan esadigan shamol tezligi 7–12 metr/sekundni tashkil etadi. Ayrim joylarda uning tezligi 13–18 metr/sekundgacha kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9–14, kunduzi 22–27 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Ayrim hududlarda shamol 13–18 metr/sekundgacha kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 12–17, kunduzi 23–28 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kechga yaqin ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan esadigan shamol tezligi 7–12 metr/sekundni tashkil etadi, ba’zi hududlarda esa 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 4–9, kunduzi 14–19 daraja iliq bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy hafta davomida havo harorati mavsumiy me’yordan 10 darajagacha yuqori bo‘ldi. Noyabr oyi uchun e’lon qilingan prognozda esa oyning so‘nggi haftasida yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkinligi haqida ma’lum qilingan edi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…