Toshkentda ertaga qor yog‘ishi kutilmoqda

Toshkent shahrida ertaga, 13 noyabr, juma kuni ob-havo yanada sovishi va yog‘ingarchilik kuzatilishi kutilmoqda. Ob-havo prognozlariga ko‘ra, poytaxtda ertalabki soatlarda yomg‘irga qor aralashishi mumkin.
Xususan, soat 08:00 atrofida yomg‘ir va qor aralash yog‘ishi ehtimoli bor. Bu vaqtda havo harorati 1 darajagacha pasayishi taxmin qilinmoqda. Shu sababli ertalab poytaxt ko‘chalarida sovuq havo va namgarchilik sezilishi mumkin.
Ayniqsa, ertalabdan ishga, o‘qishga yoki boshqa yumushlar bilan ko‘chaga chiqishni rejalashtirgan fuqarolarga ob-havo sharoitini hisobga olish tavsiya etiladi. Sovuqda noqulaylikka duch kelmaslik uchun qalinroq kiyinish, issiq kiyimlar va sharfdan foydalanish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan sovuq havo haqida Toshkentda yashovchi yaqinlaringizni ham ogohlantirib qo‘ying. Ertalab yo‘lga chiqishdan oldin ob-havo ma’lumotlarini tekshirishni unutmang.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar






























Izohlar0
…