Xorijliklar uchun O‘zbekistonning ikkita yangi ordeni ta’sis etilishi mumkin

O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va mamlakatning xalqaro nufuzini oshirishga hissa qo‘shgan xorijiy fuqarolarni taqdirlash uchun ikkita yangi davlat mukofotini ta’sis etish taklif qilinmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.
2026 yil 22 oktyabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi majlisida “O‘zbekiston ehtiromi” ordenlarini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasida ikki darajali davlat mukofotini joriy etish nazarda tutilgan. Bular — “Oliy darajali O‘zbekiston ehtiromi” va “O‘zbekiston ehtiromi” ordenlaridir.

Ushbu mukofotlar O‘zbekistonning xalqaro manfaatlarini ilgari surish, davlatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, siyosatchilar hamda chet el fuqarolariga berilishi mumkin.
Muhokama yakunida qo‘mita tomonidan qonun loyihasi yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.































Izohlar 0
…