Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jazo kuchaytiriladi

O‘zbekiston1 daqiqa o'qish3
Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jazo kuchaytiriladi

Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun ma’qullandi. Hujjatda mast holda avtomobil boshqarish, voyaga yetmaganlarga rulni topshirish va belgilangan tezlik me’yoridan oshish kabi qoidabuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilgan.

Mast holda rul boshqarish

Bunday qoidabuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda, aybdor shaxsga nisbatan bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi belgilanmoqda.

Voyaga yetmagan shaxsga avtomobil boshqarishni topshirish

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga 261³-moddani kiritish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, bunday holat og‘ir oqibatlarga olib kelsa, uch yilgacha, odam o‘limi bilan yakunlansa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.

Ma’muriy tartibda esa 50 BHM miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi nazarda tutilgan.

Tezlikni me’yordan ortiq oshirish

Qonunda belgilangan tezlik chegarasidan oshganlik uchun jarimalar ham kuchaytirilmoqda:

• Tezlikni 40 km/soatdan ortiq oshirish uchun 25 BHMgacha jarima;
• 60 km/soatdan ortiq oshirish uchun 45 BHMgacha jarima;
• 80 km/soatdan ortiq oshirish uchun 65 BHM jarima hamda olti oyga haydovchilik huquqidan mahrum qilish.

Bundan tashqari, yo‘l bezoriligi, drift qilish va noqonuniy avtomobil poygalarini tashkil etish yoki ularda qatnashish uchun ham javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?