O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 sentyabr kuni nishonlanadigan mamlakat mustaqilligining 26 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zAda e’lon qilindi.
«1 sentyabr – Mustaqillik kuni mamlakatimiz istiqlolga erishgan, jahon xaritasida yangi, mustaqil va suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan buyuk tarixiy sana bo‘lib, el-yurtimiz tomonidan eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida doimo katta shodu xurramlik bilan nishonlanib keladi», — deyiladi hujjatda.
«Buyuk va bebaho ne’mat – mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yillar o‘tishi bilan tobora ortib bormoqda. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib kelmoqda», — deya ta’kidlanadi qarorda.
Respublika komissiyasiga bir hafta muddatda «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqish haqida ko‘rsatma berilgan.
Mazkur dasturni tayyorlashda 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» davlat dasturining ma’no-mazmunidan kelib chiqish ko‘zda tutilgan.
Yozda O‘zbekiston mustaqilligini tarannum etishga qaratilgan eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari uchun «Yagonasan, muqaddas Vatan!» respublika tanlovining yakuniy bosqichini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Avgustning birinchi yarmida O‘zbekiston Prezidentining yosh iste’dodlar uchun «Nihol» mukofotiga nomzodlarning respublika saralash bosqichi hamda g‘oliblari ijrosidagi konsert dasturi, shuningdek, «Eng ulug‘, eng aziz», «Seni kuylaymiz, zamondosh!», «Ranglar jilosida – ona diyor», «Vatan uchun yashaylik!» kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlari bo‘lib o‘tadi.
Mamlakatning barcha hududlarida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab aholining keng qatlamlari o‘rtasida ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.
Bayram dasturlarini tayyorlashga ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, yosh ijrochilar, folklor san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar jalb etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi