Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (8-0, 6KO) Mishel Soroga (35-3-1, 24KO) qarshi chempionlik kamariga majburiy da’vogar maqomi uchun revansh jangida ishtirok etadi.
Ikkala bokschi o‘rtasidagi revansh jangi 9 iyul kuni Angliyaning London shahrida bo‘lib o‘tadi. Matchroom tomonidan tashkil etilayotgan boks oqshomining markaziy jangi og‘iz vazn toifasi vakillari Derek Chisora va Kubrat Pulev o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Bahs oldidan sportchilar tarozidan o‘tdi. Unda Madrimov 69,45 kg qayd etgan bo‘lsa, Soro 69,40 kg tosh bosgan.
Madrimov va Soro 2021 yil 17 dekabrda Toshkentda ilk bor to‘qnash kelgan edi. Jangning 9-raundida gong ovozini eshitmagan Madrimov raqibga bir necha zarbalar yo‘llashi natijasida texnik nokaut qayd etilgan edi. Bundan norozi bo‘lgan Soro jamoasi tashkilotga revansh berilishini so‘rab murojaat qilgandi. WBA Soro jamoasining so‘rovini qabul qilgan va Madrimovga revansh jangida ishtirok etish majburiyatini qo‘ygandi.
WBA Super kamari ayni damda Jermell Charloga tegishli hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi