Sobiq FIFA prezidenti Yozef Blatter futbolni tushunadigan davlat rahbarlari reytingini tuzib chiqdi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)ning sobiq prezidenti Yozef Blatter o‘zi yozgan kitobda futbolga tushunadigan bir qator davlat rahbarlarining ro‘yxatini tuzib chiqdi, deb yozmoqda "Qalampir" nashri. Sky Sports jurnalisti Kave Solxekol Blatterning kitobidagi sahifa tasvirini Twitter’ga joylashtirdi.
Blatterning talqini bo‘yicha Xitoy raisi Si Szinpin birinchi o‘rinda, Janubiy Afrika Respublikasining sobiq prezidenti Nelson Mandela ikkinchi o‘rinda va Rim papasi Fransisk esa reytingda uchinchi bo‘ldi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin futbolni tushunadigan siyosatchilar ichida to‘rtinchi bo‘ldi. Reytingning beshinchidan to o‘ninchi o‘rinlarini Buyuk Britaniya qirolichasi Elizavetta II, Italiya sobiq Bosh vaziri Silvio Berluskoni, Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr, Germaniya kansleri Angela Merkel, Frasiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak va AQShning sobiq davlat rahbari Bill Klinton egalladilar.
Sobiq FIFA rahbarining “Yozef Blatter: Futbol missiyasi” nomli avtobiografik kitobi joriy yilning may-iyun oyida ingliz tilida chop etiladi.
Ma’lumot uchun, 2015 yilning 23 dekabrida 79 yoshli Blatter futboldan ketgani haqida e’lon qilgan edi. FIFAning intizom qo‘mitasi uni sakkiz yilga futbol olamidan chetlatgandi. Joriy yilning fevral oyida mazkur muddat ikki yilga qisqartirildi. Blatter tashkilot pullarini talon-taroj qilishda ayblangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing