FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatterning aytishicha, 2022 yilgi jahon chempionati Qatarga topshirilgani xato bo‘lgan.
1998 yildan 2015 yilgacha FIFAning sakkizinchi prezidenti bo‘lib ishlagan 86 yoshli mutaxassis Shveysariyaning Tages-Anzeiger gazetasiga bir qator mavzular, jumladan, 2010-yilda Qatarga dunyoning eng yirik sport musobaqasini topshirish qarori haqida gapirdi.
Joriy yilning iyul oyida firibgarlikda ayblanganidan so‘ng birinchi intervyusida Blatter Qatarga ovoz bermaganini va buning o‘rniga Rossiya va AQSHda ikkita turnir o‘tkazish orqali “tinchlik ishorasi”ni ko‘rishni istaganini aytdi.
"Qatarni tanlash xato bo‘ldi. O‘shanda biz Ijroiya qo‘mitasida Rossiya 2018 yilgi jahon chempionatini, AQSH esa 2022 yilgi jahon chempionatini qabul qilishi kerakligi haqida kelishib olgandik. Agar ikki azaliy siyosiy raqib bir martadan jahon chempionatiga mezbonlik qilganida, bu tinchlik ishorasi bo‘lardi. Qatar juda kichik davlat. Jahon chempionati buning uchun juda kattalik qiladi", – dedi Blatter. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi