Xabaringiz bor, yaqinda Argentina mamlakatida U20 jahon chempionatiga start beriladi. Kuni kecha bo‘lajak mundial uchun qur’at tashlash marosimi o‘tkazildi. O‘zbekiston terma jamoamiz mazkur jahon chempionatida Osiyo chempioni sifatida ishtirok etadi va tabiiyki, endilikda bizning U20 jamoamizga qiziqish juda katta.
Qur’a termamizni mezbon Argentinaga ro‘baro qilganini yaxshi bilasiz. Shuningdek, Yangi Zelandiya hamda Gvatemala ham raqibimizga aylandi. Ushbu to‘rtlik “A” guruhini to‘ldirishdi.
Argentina – O‘zbekiston qarama-qarshiligi esa jahon chempionati ochilish o‘yiniga aylanadi. Tabiiyki, butun dunyo nigohi ushbu bellashuvga qaratiladi. Bu orqali o‘zbek futboli tarixida yana yangi sahifa ochiladi. Biz ishonamizki, o‘zbek yigitlari nimalarga qodirligini butun dunyo ahliga ko‘rsata oladi. Chunki bunga potensialimiz yetarli.
Bu borada gap ketganda, birinchi navbatda terma jamoamiz sardori va yetakchisi, bugungi kunda Rossiyaning “Rubin” klubi sharafini himoya qilayotgan Umarali Rahmonaliyev alohida tilga olinadi. Terma jamoamizni Osiyo chempionligini qo‘lga kiritilishida ham ushbu futbolchimizning mehnati juda katta bo‘ldi. Jahon chempionatida barcha o‘yinchilarimiz singari Umarali ham o‘zining yana yangi qirralarini kashf eta olishiga umid bildiramiz.
Sports.uz jurnalisti jahon chempionatiga qur’a tashlangach, tabiiyki, Rahmonaliyev bilan bog‘landi. Negaki, terma jamoamiz joy olgan guruh, aslida qur’adan oldin qaysi termalarni kutgani va umuman aytganda, mundialdagi imkoniyatimiz yuzasidan uning fikrlari muhim edi.
“Bizga tushgan raqiblarga kelsak, hamma jamoa kuchli. Ular bejizga jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishmagan, - deya gap boshladi, Umarali. - Shu sababli har bir raqibni hurmat qilgan holatda maydonda borimizni berib, vatanimizga yaxshi natijalar bilan qaytib, muxlislarimizni yana xursand qilishga harakat qilamiz. Shuni alohida aytmoqchimanki, biz faqat vatan uchun o‘ynaymiz! Borimizni beramiz. U yog‘i faqat Allohdan. Biz qaysi o‘yin va qanaqa raqib bo‘lishidan qat’iy nazar O‘zbekiston sha’nini munosib himoya qilib, yurtimiz bayrog‘ini yanada ko‘klarga ko‘tarib, xalqimizni quvontirishga harakat qilamiz.
Qur’adan oldin qaysi terma jamoa bizga duch kelishi haqida fikr yuritmagandim. Sababi, butun jamoamiz bilan birgalikda oldimizga maqsad qo‘yganmiz. Qanday jamoa bizga raqib bo‘lishidan qat’iy nazar maqsadimiz yo‘lida faqat oldinga intilib, bor imkoniyatimizni ishga solamiz, bu aniq. Terma jamoadagi har bir futbolchi raqib kim bo‘lmasin, maydonga tushganida ko‘zi yonib, oxirigacha kurashishi aniq. Natija qanday bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi.
Guruh bosqichida bizga qarshi o‘ynaydigan terma jamoalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Argentina, Yangi Zelandiya va Gvatemala – har bir raqibning o‘ziga yarasha o‘yinni tashkil qilish jihatlari bor va ular har xil darajadagi jamoalardir. O‘ylaymanki, ularga qarshi o‘z o‘yinimizni tashkil qilib, harakatlarimizni yanada mustahkamlab, o‘zimizga ishonch bilan harakat qiladigan bo‘lsak, Xudo xohlasa, ko‘zlagan natijamizga erishamiz. Albatta, o‘yinlar juda ham qiziqarli o‘tadi.
Yanada e’tiborlisi, bizning ilk uchrashuvimiz mezbon Argentina bilan ochilish o‘yiniga to‘g‘ri keldi. Bu bizga yana qandaydir darajaga ko‘tarilishimiz va oldimizdagi maqsadlarga erishish uchun o‘ziga xos sinov. Faqat bunga jiddiy yondashib, puxta tayyorgarlik bilan yetib boradigan bo‘lsak, bu jamoalar bilan bemalol raqobatlashsak bo‘ladi. Shu o‘rinda jahon chempionatida barcha ishtirokchi termalarga omad tilayman”, - dedi Rahmonaliyev.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi