16:03 / 07.03.2024
258

Mishel Soro Isroil Madrimovga murojaat bilan chiqdi

Mishel Soro Isroil Madrimovga murojaat bilan chiqdi
Isroil Madrimovning sobiq raqibi Mishel Soro undan Magomed Kurbanovni taslim etishini so‘rab, Isroilga omad tiladi.

"Meni yuragim ko‘proq Isroil Madrimovni xush ko‘radi. U buyuk jentelmen va haqiqiy chempion. Isroil Kurbanovdan kuchliroq ekanligi aniq. Umid qilamanki Isroil bu firibgarni jazolaydi. Chunki bu chempionlik jangida Kurbanovni o‘rniga men bo‘lishim kerak edi. Poraxo‘r hakamlar, bu gal Kurbanovga yordam bera olmaydi. Isroilga omad! Uni yanchib tashla va keyin biz to‘qnash kelamiz. Ular menga chempionlik jangi qarz bo‘lishgan (ya’ni Kurbanovga g‘alaba sovg‘a qilishgani sababli, Soro kamar uchun jang qila olmagan.)".

Ma’lumot uchun, Mishel Soro va Isroil Madrimovning 1-jangida texnik nokaut qayd etilgan. Biroq, Isroilni bongdan keyin urilgan zarbalari tufayli keyinchalik jang natijasi bekor qilingan. Mishel Soroni Madrimov bilan 2-jangida esa Soroning qoshi yorilganligi tufayl texnik durang qayd etilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mishel Soro Isroil Madrimovga murojaat bilan chiqdi