Boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson faoliyatini yakunlamoqchi emas va navbatdagi jangini 2025 yilda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tayson vakili TASS'ga xabar berdi.
Shanba, 16 noyabr kuni bokschi sakkiz raundlik jangda bloger Jeyk Polga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazdi.
“Mayk hali ham jang qilishni xohlaydi. U navbatdagi jangini 2025 yilda o‘tkazishi mumkin. Biz uning raqibi kim bo‘lishi haqidagi savollarga keyinroq javob beramiz”, — dedi bokschining vakili.
Ma’lumot uchun, Tayson 58 yoshda. Uning hisobida 50 ta g‘alaba (44 ta nokaut) va 7 ta mag‘lubiyat bor. Yana ikki jang haqiqiy emas deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”