Qishki transferlar oynasining soʻnggi kunlarida Eldor Shomurodov atrofida keskin oʻzgarishlar yuz bermoqda. “Roma” rahbariyati 29 yoshli hujumchini boshqa klubga oʻtkazib, oʻrniga boshqa markaziy hujumchi olib kelishga urinayotgan edi.
Eldor uchun “Venetsiya, “Empoli” va “Kalyari” klublari oʻzaro raqobat olib borayotgan pallada Klaudio Raneri legionerimizni “Udineza” va “Ayntraxt”ga qarshi uchrashuvlarda bir necha daqiqaga maydonga tushirdi.
Har ikki uchrashuvni yuqori saviyada oʻtkazgan Shomurodov Evropa Ligasi doirasida nemislar darvozasiga gol urganidan keyin Raneri uni jamoada qolishini ta'kidladi.
“Roma” muxlislari Shomurodov haqida ijtimoiy tarmoqlarda oʻz munosabatlarini bildirmoqda.
Tyler Jay Smith:
Eldorni etarli darajada qadrlashmayapti va “Roma” undan nega qutilmoqchi boʻlayotganini hech kim tushunmayapti. Klub Shomurodovni ushlab qolib, yoniga yana bir hujumchi olishi kerak.
Luca Ridolfi:
Shomurodov “Roma”da qolsin!
Giallorosso Lupo:
Keyingi oʻyinni Shomurodov asosiy tarkibda boshlasin. Dovbik ilk daqiqadan oʻynashga arzimaydi.
Rey Gascon:
Shomurodov ajoyib gol urdi.
Ham Der Nico:
Dovbik “Roma” tarixidagi eng yomon hujumchi. Aslida Eldor undan ancha kuchli.
IL Capitano:
Shomurodovdan ajoyib gol ijrosini koʻrdik. Zoʻr oʻynab berdi.
La Voce Dei Romanisti:
“Roma” mavsum davomida bir necha marotaba boʻlgani kabi bu gal ham juda zoʻr oʻynadi, 90 daqiqa harakat qildi, gol urish uchun juda koʻp imkoniyat yaratdi.
Ketishi kutilayotgan Shomurodovning gʻalabada xizmatlari juda katta boʻldi. Eldor haqiqiy professional ekanini namoyish qildi.
Franco Cavallari:
Doʻstlar, bir taklif bor... Artyom Dovbik va Lorentso Pellegrinini “Venetsiya”ga joʻnatib, Eldor Shomurodovni Rimda olib qolaylik!
Albert Morina:
Shomurodov 23 daqiqa ichida Artyom Dovbik 20 ta oʻyinda yugurgan masofadan ham koʻproq harakat qildi va raqibga bosim oʻtkazdi. Bundan keyin asosiy hujumchi Eldor, uning oʻrinbosari Dovbik boʻlishi kerak.
Agar Shomurodovga Dovbikka berilganidek koʻp vaqt taqdim qilinsa, u jamoamizning eng zoʻr toʻpurariga aylangan boʻlardi.
Eslatib oʻtamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsumda oʻzi ishtirok etgan musobaqalar – A Seriya, Italiya kubogi va nihoyat, Evropa ligasida oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻyishga muvaffaq boʻldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar