06:44 / 17.03.2025
573

Muhim o‘yinlar oldidan milliy terma jamoamizda jiddiy yo‘qotish!

Muhim o‘yinlar oldidan milliy terma jamoamizda jiddiy yo‘qotish!
Turkiya Superligasi doirasida Husniddin Aliqulovning "Rizespor" jamoasi "Bodrumspor" jamoasi bilan kuch sinashdi. Ushbu o‘yinda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Rizeliklar safida to‘p tepayotgan legionerimiz Husniddin Aliqulov o‘yinning 44-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etdi.

Klub tomonidan o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida Aliqulovning burun va yonoq qismida suyak sinish holati aniqlanib, futbolchiga jarrohlik amaliyoti qo‘llandi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda, tibbiy shtab tavsiyasi bilan Husniddin Aliqulov terma jamoamizning mart oyidagi yig‘inida qatnasha olmaydigan bo‘ldi.

Temur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar tomonidan milliy jamoa safiga «Nasaf» klubi himoyachisi G‘olib G‘aybullayev jalb etildi.

"Oq bo‘rilar"ni esa oldinda Qirg‘iz Respublikasi va Eronga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport