date
views 35 315

“Roma”ning o‘zbek qahramoni! Shomurodovning golidan keyin rimliklar nima deb yozishyapti?

“Roma”ning o‘zbek qahramoni! Shomurodovning golidan keyin rimliklar nima deb yozishyapti?
Kecha "Roma"ning katta o‘yini bo‘ldi. Hamma uni kuzatdi. "Yuventus"ga qarshi kechgan qarama-qarshilik nafaqat kuchli dramaturgiya, balki O‘zbekiston uchun ham g‘urur keltirdi. Nega deysizmi? Chunki Eldor Shomurodov maydonga tushdi va supergol urdi!

Bu zarba nafaqat "Roma"ga muhim ochko olib keldi, balki jamoaning Yevropa Chempionlar ligasi uchun kurashish imkoniyatini ham saqlab qoldi. Endi esa Italiya poytaxtida Shomurodov haqida to‘xtovsiz so‘z ketmoqda. Klubning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida rimlik ishqibozlar o‘z ehtiromlarini izhor qilishyapti.

Mana, "Roma" muxlislari Shomurodov haqida nima deyishmoqda:

Alessandro Muzi:
Eldor kerak bo‘lgan payda doim o‘z o‘rnida, bizning o‘zbekka gap yo‘q!

David la Gamba:
Yaxshiyam Shomurodov bor ekan...

Father and Son Football:
Raneri imkon berdi, Eldor ishonchni oqladi.

Mario Ianniccari:
40 million yevro to‘langan o‘yinchidan 20 million yevroli futbolchi foydali chiqib qoldi.

Elisabetta Abbrugia:
Shomurodov yordamga har doim tayyor.

Emiliano Minnucci:
Shomurodovga umrbod davom etadigan shartnoma bering!

Massimiliano Fratocchi:
Shomurodovning imkoniyatlariga ishongan kam sonli muxlislardanman. Mana haqiqiy futbolchi!

Piero Iegre:
Eldor maydonga tushishi bilan borini berib o‘ynaydi. Hujum uyushtiradi, himoyaga qaytadi...

Paolo Barabani:
Dovbikka qaraganda, Shomurodov yaxshiroq. Bizning Klaudio Raneri Eldorning kerakligini faqat yutqazayotganimizda tushunib yetadi.

Stefano Tordi:
Eldorning goli xursand qildi, ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik.

Stefano Pizzi:
Eldor “Roma” xaloskori.

Michele Annucci:
Eldor jamoa uchun muhim figuraga aylanmoqda, Dovbik yaxshi o‘ynay boshladi. Ko‘p narsa mana shu ikki hujumchiga bog‘liq.

Thomas Newkirk:
Raneri Shomurodovni qachon maydonga tushirishni biladi. Shuning uchun ham muxlislar bu murabbiyni yaxshi ko‘radi.

Wong Ricky:
Bu goldan keyin Shomurodovning nomi tushirilgan “Roma” formasini sotib olaman!

Gianluca Burchielli:
Jangovar durang, adolatli natija. Endi ikki hujumchi bilan o‘ynashga o‘tish kerak. Eldor Shomurodovni boshlang‘ich tarkibda o‘ynatadigan vaqt keldi. Uning ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Mersia De Cesare:
Eldor Shomurodov qiyin paytda maydonga tushdi, gol urdi va “Roma”ni yuqori o‘rinlarda bo‘lishga loyiqligini isbotladi.

Paul Mathers:
Shomurodov keyingi o‘yinni ilk daqiqadan boshlashga loyiq natija ko‘rsatdi. Bu durang uning xizmatlari samarasi. Kurash davom etadi...

Zamin.uz fikri: Eldor Shomurodov nafaqat o‘z goli bilan, balki mo‘jizaviy qaytishi, aql-zakovati va so‘nmas iste’dodi bilan ham Italiyada muhabbat qozonmoqda. Endilikda “Roma”da faqat bir narsa qoldi — Eldorga to‘liq ishonch va asosiy tarkib!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport