date

Temur Kapadze Kannavaro tayinloviga munosabatini ochiq bayon qildi

Temur Kapadze Kannavaro tayinloviga munosabatini ochiq bayon qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze Indoneziyaga amaliy safar davomida “Garuda TV”ga katta intervyu berdi va unda Kannavaroning terma jamoaga kelishi borasidagi fikrlarini atroflicha bayon etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror futbol jamoatchiligi orasida katta muhokamalar va turli munosabatlarga sabab bo‘lgan.

Kapadze avvalo O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqqan avvalgi saralash bosqichlarini eslab o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, muxlislar o‘z murabbiyi jamoani mundialga olib borishini istagan, bu fikr jamoatchilikda keng targ‘ib qilingan va ko‘plab savollar tug‘dirgan.

“Albatta, mundialga yo‘l olish nasib qilmadi. Lekin ko‘plab ishqibozlar: nega o‘z murabbiyimiz jamoani olib bormaydi, deb e’tiroz bildirdi. Ularning bu fikrini tushunaman — axir bu tariximizda ilk bor Jahon chempionatida qatnashish imkoni edi. Bungacha bizning oldimizga katta natijalar talabi qo‘yilmagan bo‘lsa-da, muxlislar buni juda hissiyot bilan qabul qildi”, — deydi mutaxassis.

Kapadze intervyu davomida o‘ziga bildirilgan ishonchni ham eslab, rahbariyat qarorini hurmat qilishini ta’kidladi:

“Men jamoani boshqarganimda muammo bo‘lmasdi, deb o‘ylayman. Bu men uchun juda muhim tajriba bo‘lar edi. Biroq rahbariyat boshqacha yo‘lni ma’qul topdi. Sababi — biz ilk bor mundialga chiqayotgandik va u yerda bizni qanday sinovlar kutishini bilmasdik. Shu bois tajribali, Jahon chempionatida qatnashgan mutaxassisga ishonish maqsadga muvofiq, deb topildi”.

Shuningdek u intervyu davomida nega ma’lum vaqt davomida Fabio Kannavaroning yordamchisi sifatida faoliyat yuritganini ham tushuntirdi:

"Fabio Kannavaro kelganidan so‘ng men rahbariyat bilan gaplashdim. Terma jamoaga tezroq moslashishi uchun Kannavaroga ikkita yig‘inda yordam beraman. Men esa alohida faoliyat yuritishni afzal ko‘rdim. O‘z ustimda ko‘proq ishlaganim ma’qul, deb ularga aytdim. Rahbariyat buni to‘g‘ri qabul qilib, rozi bo‘ldi", — dedi Kapadze.

Uning fikricha, Kannavaroning kelishi — jamoa uchun yangi bosqich va yangi yondashuvlarni amalga olish imkoniyati. Biroq Kapadze o‘ziga nisbatan bildirilgan ishonch va mehr uchun muxlislarga minnatdorligini ham unutmadi.

Qisqa qilib aytganda, sobiq murabbiy bu qarorni shaxsiy ranjishsiz, balki professional yondashuv bilan qabul qilgani va terma jamoa uchun doim yaxshi natija tilashini yana bir bor ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Temur Kapadze Kannavaro tayinloviga munosabatini ochiq bayon qildi