date

Real Sosedad Elcheni ishonchli hisobda taslim etdi

Real Sosedad Elcheni ishonchli hisobda taslim etdi

Yaxshi formaga kirib olgan «Real Sosedad» shanba kuni o‘z maydonida uzoq vaqtdan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan «Elche»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida mezbonlar qarshi hujumda Gonzalu Gedesning uzatmasidan so‘ng Luka Suchichning aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxirlarida o‘yin yanada jonlandi: Mikel Oyarzabal uzoq masofadan darvozani nishonga oldi, «Elche» esa Andre Silva orqali javob qaytardi — 2:1.

Ikkinchi taym boshida Silva yana xavfli vaziyat yaratdi, biroq darvozabon jamoasini qutqarib qoldi. Oradan ko‘p o‘tmay, Pablo Marin ajoyib pasdan keyin to‘pni darvozaga kiritdi, ammo Igor Subeldiyaning uzatmasi ofsayd bo‘lgani uchun gol bekor qilindi. O‘yin yakuniga yaqin Orri Oskarsson jarima maydonida yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi, ammo 89-daqiqada u Jon Gorrotskategining pasidan so‘ng hal qiluvchi zarbani yo‘llab, yakuniy hisobni belgiladi — 3:1.

Arsen Zaharyan jarohati sabab uchrashuvda maydonga tushmadi. Ushbu g‘alabadan keyin «Real Sosedad» turnir jadvalida sakkizinchi o‘ringa ko‘tarildi, «Elche» esa 13-pog‘onani bo‘lishib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Sosedad Elcheni ishonchli hisobda taslim etdi