date

Nunyyes o'rniga Benzema tanlandi va ro'yxatdan chiqarildi

Nunyyes o'rniga Benzema tanlandi va ro'yxatdan chiqarildi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunyyes mavsumning qolgan qismida Arabiston chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi tarkib ro'yxatini yangilar ekan, Nunyyesni chempionat uchun arizadan chiqarib, uning o'rniga klubga kelib qo'shilgan Karim Benzemani kiritdi. Shunga qaramay, Nunyyes Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari uchun jamoa qaydnomasida qoladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Darvin Nunyyes faoliyati davomida Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» hamda Angliyaning «Liverpul» klublari sharafini himoya qilgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga muntazam chaqirilib keladi va hozirgacha 13 ta gol urgan. Shuningdek, futbolchi 2022 yilgi Qatar Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nunyyes o'rniga Benzema tanlandi va ro'yxatdan chiqarildi