Boka Xuniors yangi sport direktorini tayinlaganini e'lon qildi

Argentina klubi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma'lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Rikelme avvalroq «Barselona» safida ham to'p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Boka Xuniors» tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj va yangi rahbariyat tandemi transfer hamda jamoani qayta qurish masalalariga jiddiy kirishishi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 uchrashuv o'tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida eng ko'p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan — «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqa to'purari bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!