date

Luis Dias Bavariyani tanlashiga nima turtki bo'lganini aytdi

Luis Dias Bavariyani tanlashiga nima turtki bo'lganini aytdi

Myunxenning «Bavariya» klubiga ko‘chib o‘tgan vinger Luis Dias bu qarorga qanday kelgani va yangi jamoada o‘zini qanday his qilayotgani haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Diasning aytishicha, «Bavariya»dan taklif kelgan ilk daqiqalardanoq u bu klubga o‘tishni xohlagan. Futbolchi bu qarorni to‘g‘ri tanlov deb atadi: yangi muhitda o‘zingni erkin his qilish, bor kuchingni berish va oilang bilan baxtli bo‘lish eng muhim omil ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, kolumbiyalik futbolchi Myunxendagi tarkib juda kuchli, klub infratuzilmasi yuqori darajada, murabbiylar shtabi esa professional ekanini bilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng qiyin masala — o‘zi va oilasi uchun til to‘sig‘i bo‘lib qolmoqda, biroq u jamoaga tez moslashib, «Liverpul»dagi kabi natijaga hissa qo‘shishiga ishongan.

Sky Sports keltirgan ma’lumotga ko‘ra, Luis Dias 2025 yilda «Liverpul»dan «Bavariya»ga 70 million yevro evaziga o‘tgan. Joriy mavsumda u Myunxen klubi safida 32 o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Dias Bavariyani tanlashiga nima turtki bo'lganini aytdi