Real yarim himoyachisi jarohat sabab safdan chiqishi mumkin

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelien Tchuameni jarohat olgan bo‘lishi mumkin. El Chiringuito xabariga ko‘ra, u Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi o‘yinni og‘riqli holatda yakunlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hozirda Tchuameni tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda va uning ahvoli bo‘yicha yakuniy xulosa kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lissabondagi bahsdan so‘ng aynan Tchuameni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olgandi. «Real» safarda «Benfika»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi, yagona gol muallifi Vinisius Junior bo‘ldi.
«Real»ning navbatdagi uchrashuvi 21 fevral, shanba kuni safarda «Osasuna»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Shundan keyin Alvaro Arbeloa jamoasi Chempionlar ligasida «Benfika»ni o‘z maydonida qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing