Prestiannining Realga qarshi o'ynagan futbolkasi auksionga qo'yildi

Portugaliyaning «Benfika» klubi qanot hujumchisi Janluka Prestiannining Madridning «Real»iga qarshi uchrashuvda kiygan futbolkasi auksionga chiqarildi. Yevropa Chempionlar ligasi pley-offidagi ilk bahs 17 fevral kuni bo'lib o'tgan va unda «Real» 1:0 hisobida g'alaba qozongan. O'sha o'yindan keyin Prestianni o'ziga nisbatan irqchilik bo'lganini ham aytgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolka «Benfika»ning rasmiy hamkori bo'lgan Match Worn Shirt platformasi orqali sotuvga qo'yilgan. Hozircha xarid uchun 46 ta taklif kelib tushgan, eng yuqori narx 1 ming yevroni tashkil etmoqda.
Argentinaning «Veles Sarsfild» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Prestianni 2024 yildan buyon «Benfika» safida to'p surmoqda. Joriy mavsumda u 30 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!