Florentino Peres «Real» tarkibiga yangi yulduzlar kelishini va’da qildi

Madridning «Real» klubi muxlislari uchun chinakam hayajonli kunlar yaqinlashmoqda. Ortda qolgan mavsumni kutilmaganda biror bir sovrinsiz, quruq qo‘l bilan yakunlagan «qirollik klubi»ning transfer bozorida katta yurish boshlash arafasida turibdi. Klub prezidenti Florentino Peres yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida jamoa tarkibini tubdan yangilash va dunyoning eng sara futbolchilarini Madridga olib kelish bo‘yicha katta rejalarini ommaga oshkor qildi.
Grand jamoa rahbari tez orada «Real Madrid»ning nafaqat transferlari, balki global rejalari haqida ham katta bayonot berishini ta’kidladi.
Florentino Peres: «Bizga kimlar kerakligini yaxshi bilamiz»
«Qirollik klubi»ning transferlar qiroli hisoblangan Florentino Peres «Santyago Bernabeu» ishqibozlarini xotirjamlikka chaqirib, shunday dedi:
«Yaqin kunlarda biz nafaqat sport, balki ijtimoiy hamda iqtisodiy jabhalarda “Real”ning porloq kelajagi yo‘lida amalga oshirayotgan turli yirik loyihalarimiz haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Muxlislarimiz xavotir olishmasin — yangi porloq yulduzlar va katta transferlar eshik qoqmoqda. Ayni paytda jamoamizga qanday pozitsiyalarni kuchaytirish kerakligini juda yaxshi bilamiz va o‘sha yangi futbolchilar kelasi mavsumda albatta “Real” libosida maydonga tushishadi».
Ortda qolgan mavsum o‘tmishda qoldi
Eslatib o‘tish joizki, yakuniga yetgan mavsum madridliklar uchun ancha omadsiz va mashaqqatli kechdi. «Qaymoqranglilar» Ispaniya La Ligasida mavsum davomida 86 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni band etishdi, xolos.
Eng alamlisi, madridliklar bosh sovrin — chempionlik unvonini qatorasiga ikkinchi yil o‘zlarining ashaddiy va murosasiz raqibi «Barselona»ga topshirib qo‘yishga majbur bo‘lishdi.
Biroq Peresning bugungi bayonotidan so‘ng, madridlik millionlab futbol muxlislari yangi mavsum oldidan yana katta umid va ishonch bilan nafas ola boshlashdi. Ko‘ramiz, bu safar Peres futbol olamini qaysi superyulduzlar transferi bilan hayratda qoldirar ekan? Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz!
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!