date

Benfika vingeri Prestianining Realga qarshi formasi auksionga qo‘yildi

Benfika vingeri Prestianining Realga qarshi formasi auksionga qo‘yildi

Portugaliyaning «Benfika» klubi vingeri Janluka Prestianining Madridning «Real»iga qarshi o‘yinda kiygan futbolkasi auksionga chiqarildi. Yevropa Chempionlar ligasi doirasidagi 17 fevral kuni bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda «Real» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan, bahs esa Prestianining irqchilik bo‘yicha bildirgan e’tirozlari bilan ham yodda qolgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu futbolka «Benfika»ning rasmiy hamkori sanaladigan Match Worn Shirt platformasi orqali sotuvga qo‘yildi. Hozircha xarid uchun 46 ta taklif kelib tushgan, eng yuqori narx 1 ming yevroni tashkil qilmoqda.

Argentinaning «Velez Sarsfild» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Prestiani 2024 yildan beri «Benfika» safida to‘p suradi. Joriy mavsumda u 30 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Benfika vingeri Prestianining Realga qarshi formasi auksionga qo‘yildi