date

Prestianining UYEFAga ko'rsatma bergani haqidagi xabar inkor etildi

Prestianining UYEFAga ko'rsatma bergani haqidagi xabar inkor etildi

“Benfika” vingeri Janluka Prestiani bilan ishlaydigan agent Gaston Fernandes matbuotda tarqalgan ma’lumotlarga munosabat bildirdi. Avvalroq Prestiani UYEFAga ko‘rsatma berib, maydonda Vinisiusga aytgan haqoratli so‘zini oshkor qilgani haqida xabarlar chiqqandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining o‘zi bundan oldin ham aytilgan gaplar irqchilik mazmunida bo‘lmaganini ta’kidlagan. Biroq agent Fernandes bu boradagi yangi xabarlarni qat’iyan rad etdi.

“Prestianining UYEFAga ko‘rsatma bergani haqidagi ma’lumot yolg‘on. Biz bilan hech kim rasmiy ravishda bog‘lanmagan”, — deya Fernandesning so‘zlarini keltiradi A Bola.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasida “Real” safarda “Benfika”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi. UYEFA esa ertasi kuni ushbu holat bo‘yicha tergov boshlanganini ma’lum qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Prestianining UYEFAga ko'rsatma bergani haqidagi xabar inkor etildi