Prestianining UEFAga ko'rsatma bergani haqidagi xabar rad etildi

“Benfika” futbolchisi Janluka Prestiani bilan ishlovchi agent Gaston Fernandes matbuotda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq ayrim manbalarda Prestiani UEFAga ko'rsatma bergani va maydonda Vinisiusga nisbatan ishlatgan haqoratli so'zini aytib bergani yozilgandi. Futbolchining o'zi esa bu haqorat irqchilik bilan bog'liq bo'lmaganini ilgari ham ta'kidlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fernandes “A Bola” nashriga bergan izohida bu ma'lumotlarni inkor qildi: “Prestianining UEFAga ko'rsatma bergani haqidagi axborot yolg'on. Biz bilan hech kim rasmiy tarzda bog'lanmagan”.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi doirasida “Real” safarda “Benfika”ni 1:0 hisobida mag'lub etgandi. UEFA esa uchrashuvdan keyingi kuni mazkur epizod bo'yicha tekshiruv boshlanganini e'lon qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!