Prestiannining UEFAga ko'rsatma bergani haqidagi xabar rad etildi

“Benfika” futbolchisi Janluka Prestianni bilan ishlaydigan agent Gaston Fernandes matbuotda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq Prestianni UEFAga ko'rsatma bergani va “Real” vingeri Vinisiusni o'yin paytida haqorat qilganida aynan qaysi so'zni ishlatganini aytgani haqida yozilgandi. Futbolchi esa bundan oldin ham aytilgan gap irqchilikka aloqador emasligini ta'kidlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fernandes A Bola nashriga bergan izohida ushbu ma'lumotni keskin rad etdi: “Prestiannining UEFAga ko'rsatma bergani haqidagi xabar yolg'on. Hech kim biz bilan rasmiy tarzda bog'langan emas”.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasida “Real” safarda “Benfika”ni 1:0 hisobida mag'lub etgan. UEFA uchrashuvdan keyingi kuni mazkur holat bo'yicha tekshiruv boshlanganini ma'lum qilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!