date

Strasbur ultralari bannerlar mojarosi sabab mushtlashib ketdi

Strasbur ultralari bannerlar mojarosi sabab mushtlashib ketdi

Fransiya chempionatining 23-turida «Strasbur» «Lion»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan uchrashuv paytida «Stad de la Meno» arenasida tartibsizlik yuz berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

L’Equipe xabariga ko‘ra, mojaroga mustaqil shaxslar guruhi tomonidan ultrao‘ng shiorlar yozilgan bannerlar yoyilgani sabab bo‘lgan. Ular orasida hukumat tomonidan sentabr oyida tarqatib yuborilgan Offenders huliganlar guruhi sobiq a’zolari ham borligi aytilmoqda.

Styuardlar bannerlarni tezda olib tashlagan, biroq bu to‘qnashuvning oldini ololmadi. Tribunalarda bunday mazmundagi bannerlarga yo‘l qo‘ymaslikni maqsad qilgan UB90 vakillari tartib buzganlar bilan janjallashib ketgan.

Kuzatuv kameralaridagi yozuvlar allaqachon tegishli idoralarga topshirilgan, holat bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Strasbur ultralari bannerlar mojarosi sabab mushtlashib ketdi