date

Strasbur ultralari bannerlar mojarosi sabab mushtlashib ketdi

Strasbur ultralari bannerlar mojarosi sabab mushtlashib ketdi

Fransiya chempionatining 23-turida «Strasbur» «Lion»ni 3:1 hisobida yenggan uchrashuvda «Stad de la Meno» arenasida tartibsizliklar yuz berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

L’Equipe xabariga ko‘ra, mojaro mustaqil shaxslar guruhi tomonidan ultrao‘ng shiorlar yozilgan bannerlar yoyilgani ortidan boshlangan. Ular orasida sentabr oyida Fransiya hukumati tomonidan tarqatib yuborilgan Offenders xuliganlar guruhining sobiq a’zolari ham bo‘lgan.

Styuardlar bannerlarni tezda olib tashlaganiga qaramay, ziddiyatni to‘xtatib qolishning iloji bo‘lmadi. Tribunada bunday mazmundagi bannerlar paydo bo‘lishiga qarshi bo‘lgan UB90 vakillari tartib buzganlar bilan to‘qnashib ketdi.

Kuzatuv kameralaridagi yozuvlar allaqachon tegishli idoralarga topshirilgan, hozirda holat bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Strasbur ultralari bannerlar mojarosi sabab mushtlashib ketdi