Strasbur ultralari bannerni talashib stadionda mushtlashib ketdi

Fransiya chempionatining 23-turi doirasida «Strasbur» «Lion»ni 3:1 hisobida yenggan uchrashuv vaqtida «Stad de la Meno» stadionida tartibsizliklar kuzatildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mojaroga ayrim mustaqil shaxslar, jumladan, hukumat tomonidan sentabr oyida tarqatib yuborilgan Offenders xuligan guruhi sobiq a'zolari ham kirgan holda, o‘ta o‘ng qarashlarni targ‘ib qiluvchi shiorlar yozilgan bannerlarni yoygani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Styuardlar bannerlarni tezda olib tashlagan bo‘lsa-da, bu kelishmovchilikning oldini olmadi: UB90 vakillari bunday mazmundagi bannerlar tribunaga kirib kelmasligi uchun harakat qilarkan, tartib buzganlar bilan to‘qnashib ketdi.
Kuzatuv kameralaridagi yozuvlar allaqachon tegishli idoralarga topshirilgan, holat yuzasidan tekshiruv ketmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!