Strasbur ultralari banner mojarosi sabab mushtlashib ketdi

Fransiya chempionatining 23-turi doirasida «Strasbur» «Lion»ni 3:1 hisobida mag'lub etgan bahsda «Stad de la Meno» stadionida tartibsizlik yuz berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
L’Equipe xabariga ko'ra, mojaro sababi mustaqil shaxslar guruhi tomonidan ultrao'ng shiorlar yozilgan bannerlar tribunalarda yoyilgani bo'lgan. Ular orasida sentyabr oyida fransuz hukumati tomonidan tarqatib yuborilgan Offenders xuligan guruhi sobiq a'zolari ham borligi aytilmoqda.
Styuardlar bannerlarni tezda olib tashlagan bo'lsa-da, bu to'qnashuvning oldini olmadi: tribunalarda bunday chaqiriqlar paydo bo'lishiga qarshi chiqadigan UB90 vakillari tartibni buzganlar bilan yuzma-yuz kelib qolgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, kuzatuv kameralaridagi yozuvlar allaqachon tegishli idoralarga topshirilgan, holat bo'yicha surishtiruv olib borilmoqda. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo'qligi bildirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!