date

Strasbur ultralari bannerlar sabab tribunda mushtlashib ketdi

Strasbur ultralari bannerlar sabab tribunda mushtlashib ketdi

Fransiya chempionatining 23-turida «Strasbur» «Lion»ni 3:1 hisobida yenggan uchrashuvda «Stad de la Meno» stadionida tartibsizliklar yuz berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

L’Equipe xabariga ko'ra, mojaro o‘ta o‘ng qarashlarni targ‘ib qiluvchi shiorlar yozilgan bannerlar tribuna bo'ylab yoyilgani ortidan kelib chiqqan. Bu bannerlarni o‘zini mustaqil deb atagan bir guruh shaxslar, jumladan, sentabr oyida Fransiya hukumati tomonidan tarqatib yuborilgan Offenders xuliganlar guruhining sobiq a’zolari ham olib kirgan.

Styuardlar bannerlarni tezda olib tashlaganiga qaramay, janjalning oldi olinmadi. Tribunada bunday mazmundagi bannerlarga qarshi chiqadigan UB90 vakillari tartib buzganlar bilan to‘qnashib ketdi.

Videokuzatuv yozuvlari allaqachon huquq-tartibot organlariga topshirilgan, holat yuzasidan tekshiruv davom etmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Strasbur ultralari bannerlar sabab tribunda mushtlashib ketdi