Bavariya Lennart Karl maoshini to'rt baravar oshirmoqchi

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachi Lennart Karlni jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sky Sports xabariga ko'ra, klub yaqin vaqt ichida 18 yoshli futbolchiga yangi shartnoma shartlarini taklif qilmoqchi. Germaniya chempionlari Karlning yillik maoshini 8 million yevrogacha oshirishga tayyor, hozirda u mavsumiga 2 million yevro oladi.
Lennart Karl «Bavariya» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi kelishuvi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 31 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Karlning bozor qiymatini 60 million yevroga baholagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing