Gallardo ko'z yosh bilan xayrlashdi River hech qachon tark etilmaydi

Marselo Gallardo murabbiy sifatida so'nggi uchrashuvini o'tkazdi: uning jamoasi «Banfield»ga qarshi bahsda 3:1 hisobida g'alaba qozonib, ketma-ket uch mag'lubiyatdan iborat omadsiz seriyaga nuqta qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Aynan shu muvaffaqiyatsiz seriya Gallardoning lavozimiga qimmatga tushdi, biroq klub unga munosib tarzda xayrlashish imkonini berdi. Murabbiy esa o'sha lahzani hissiyotlarga boy chiqish bilan yakunladi.
«Hammaga shunchaki rahmat. Sizlarning mehringizni so'z bilan ifodalash qiyin. Men butunlay ketmayapman. «River»ni hech kim abadiy tark etmaydi. Bu sehrli joy: ketganingda ham baribir klub bilan qolasan», — dedi Gallardo o'yindan keyin ko'z yoshlarini tiya olmay.
Eslatib o'tamiz, Gallardo 1990-yillarda klub safida ham, Argentina terma jamoasida ham to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!