date

Gʻallardo ko‘z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim butunlay ketmaydi

Gʻallardo ko‘z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim butunlay ketmaydi

Marselo Gʻallardo murabbiy sifatida so‘nggi uchrashuvini «Banfield»ga qarshi o‘tkazdi. Unda «River Pleyt» 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, ketma-ket uch mag‘lubiyatdan iborat omadsiz seriyaga nuqta qo‘ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Aynan o‘sha muvaffaqiyatsiz natijalar Gʻallardoning lavozimini saqlab qolishiga to‘sqinlik qildi, biroq klub unga chiroyli tarzda xayrlashish imkonini berdi. U esa o‘yindan keyingi lahzalarda bu imkonni juda ta’sirli tarzda oqladi.

«Hammaga shunchaki rahmat. Sizning mehru muhabbatingizni so‘z bilan ifodalash qiyin. Men butunlay ketmayapman. «River»dan hech kim abadiy ketmaydi. Bu sehrli maskan: ketgan taqdiringda ham baribir klub bilan qolasan», — dedi Gʻallardo ko‘z yoshlarini tiyolmay.

Eslatib o‘tamiz, Marselo 90-yillarda «River Pleyt» safida ham, Argentina terma jamoasida ham to‘p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gʻallardo ko‘z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim butunlay ketmaydi