Jorjina Ronalduning futbolga oid eng katta sirini aytdi

Jorjina Rodriges Krishtianu Ronalduning futbolga bo‘lgan cheksiz mehrini tilga olib, portugaliyalik yulduz hatto 50 yoshgacha ham professional darajada futbol o‘ynashi mumkinligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zida Ronalduning faoliyati davomida deyarli barcha nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritganini eslatib, endi hayotdan ko‘proq zavqlanishi kerakligini aytadi. Biroq afsonaviy futbolchi uchun futbol oddiy kasb emas, balki hayotining ajralmas qismi bo‘lib qolgan.

“Sizlar men uchun hamma narsasiz, futbol esa mening eng katta ishtiyoqim”, — deya javob berishini aytgan Jorjina, Ronalduning sportga bo‘lgan muhabbati ular tanishgan ilk kundan buyon zarracha ham o‘zgarmaganini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda 41 yoshli Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida JCH–2026 musobaqasida ishtirok etmoqda. Tajribali hujumchi turnirning dastlabki ikki uchrashuvida raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, o‘zining yuqori sport formasini yana bir bor namoyish etdi.































Izohlar 0
…