O‘zbekiston futbolchilari Kongo DRga qarshi bahsda qanday baholandi?

O'zbekiston milliy terma jamoasining Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi o'yinidan keyin futbolchilarning reyting ko'rsatkichlari ma'lum qilindi. Uchrashuvda yagona golni kiritgan jamoa sardori Eldor Shomurodov 7,0 ball to'plab, O'zbekiston safidagi eng yuqori natijani qayd etdi va yetti ballik chegaraga yetgan yagona futbolchi bo'ldi. Azizbek Mozgovoyning harakatlari 6,9 ballga, Sherzod Nasrullayev va Otabek Shukurov esa 6,7 balldan olib baholandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi uchrashuvidan keyin futbolchilarga qo‘yilgan baholar ma’lum bo‘ldi. Taqdim etilgan reytingga ko‘ra, jamoa sardori Eldor Shomurodov O‘zbekiston safidagi eng yuqori natijani qayd etdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning yagona golini urgan Shomurodov 7,0 ball oldi. Azizbek Mozgovoyning harakatlari 6,9 ballga baholandi. Sherzod Nasrullayev va Otabek Shukurov esa 6,7 balldan oldi.
Asosiy tarkib futbolchilarining baholari:
• Eldor Shomurodov — 7,0
• Azizbek Mozgovoy — 6,9
• Sherzod Nasrullayev — 6,7
• Otabek Shukurov — 6,7
• Abbosbek Fayzullayev — 6,6
• Jasurbek Hamdamov — 6,5
• Rustam Ashurmatov — 6,5
• Xojiakbar Alijonov — 6,4
• Javohir O‘rozov — 6,3
• Abduvohid Ne’matov — 5,9
• Abduqodir Husanov — 5,8
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar orasida Azizjon G‘aniyev va Igor Sergeyev 6,5 balldan oldi. Jamshid Iskandarov 6,3, Odiljon Hamrobekov va Oston O‘runov esa 6,2 ball bilan baholandi.
Shomurodov jamoada 7 balllik chegaraga yetgan yagona futbolchi bo‘ldi. Eng past baho esa Abduqodir Husanovga qo‘yildi.































Izohlar 0
…