Kannavaroning roli, «pasayish» va yangi legioner: Dostonbek Hamdamov ochiq gapirdi

2 daqiqa o'qish385
Kannavaroning roli, «pasayish» va yangi legioner: Dostonbek Hamdamov ochiq gapirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «Paxtakor»
  • Osiyo Chempionlar ligasi Elit saralash bosqichida Iordaniyaning «Al Husayn» klubini 3:0 hisobida mag'lub etib, Elit OCHL guruh bosqichiga yo'llanma oldi.
  • Bosh murabbiy Emiliano Karas jamoa o'yinini yuqori baholab, Superligadagi har bir raqib «Paxtakor»ga qarshi 200% kuch bilan maydonga tushishini ta'kidladi.

Osiyo Chempionlar ligasi Elit saralash bosqichi doirasida Iordaniyaning «Al Husayn» klubini 3:0 hisobida tor-mor etgan «Paxtakor» Elit OCHL guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ushbu yorqin va muhim g‘alabadan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida «sherlar» bosh murabbiyi Emiliano Karas hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, dubl muallifi Dostonbek Hamdamov ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga atroflicha javob berishdi.

Emiliano Karas: «Superligada raqiblar bizga qarshi 200 foiz kuch bilan o‘ynashadi»

Toshkent klubi ustozi jamoaning o‘yinidan to‘liq qoniqish hosil qilganini ta’kidlab, Superligadagi natijalar va futbolchilarning ruhiy holati haqida to‘xtalib o‘tdi:

«Hissiyotlar juda ijobiy. Bugun o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Albatta, yanada ko‘proq gol urishni istagandik, lekin eng muhimi — o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yubormadik va yetarlicha xavfli vaziyatlar yaratdik. Butun jamoa maydonda o‘zini juda yaxshi namoyish etdi. Muxlislarimizga alohida rahmat aytaman», — dedi murabbiy.

Jurnalistlarning «Paxtakor» nega ichki chempionatda bunday yorqin o‘yin ko‘rsata olmayotgani haqidagi savoliga Karas shunday javob qaytardi:

«Biz ham aynan shu masala haqida ko‘p o‘ylayapmiz va yigitlarning ruhiy holati ustida uzluksiz ishlayapmiz. Futbolchilar maydonga tushganda o‘yindan rohatlanishlari kerak. Mavsum davomida ko‘plab ochkolarni boy berdik. Umid qilamanki, bugungi yirik g‘alaba jamoaga yanada ko‘proq ishonch bag‘ishlaydi. Har bir futbolchi o‘z maksimumini ko‘rsatishi shart. Endi keyingi bahslarga e’tibor qaratamiz. Unutmaslik kerakki, Superligadagi har bir raqib «Paxtakor»ga qarshi 200% kuch va ishtiyoq bilan maydonga tushadi. Maqsadimiz esa yagona — har bir o‘yinda g‘alaba qozonish».

Dostonbek Hamdamov: Faoliyatidagi «pasayish», Kannavaroning ishonchi va yangi legioner haqida

Uchrashuvda dublga erishgan va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Dostonbek Hamdamov terma jamoadagi faoliyati va sport formasi haqidagi tanqidiy savollarga ochiq javob berdi:

— Terma jamoaga qaytguningizga qadar faoliyatingizda pasayish kuzatilayotgandek edi. JCH saralashidan so‘ng yorqin o‘yin ko‘rsatyapsiz. Bunda Fabio Kannavaroning mehnati qanchalik katta?

— Men faoliyatimda pasayish bo‘ldi degan fikrga unchalik qo‘shilmayman. Mashg‘ulotlarda har doim jamoamga yordam berish uchun bor kuchimni beraman. Ma’lum ma’noda, maydondagi o‘yin uslubim avvalgi murabbiylarning taktikasiga mos tushmagandir. Kannavaro esa menga ishondi va terma jamoaga chaqirdi. Men bu ishonchni oqlashga harakat qildim. Hatto o‘tgan mavsumlarda ma’lum darajada pasayish bo‘lgan taqdirda ham, bu yakunda men uchun foydali tajriba bo‘ldi.

— Yangi hujumchi Ayman Hussaynning bugungi sport formasini qanday baholaysiz?

— Aymanning o‘zi ham hali eng optimal formada emasligini ochiq tan oldi. U bugun 75 daqiqa maydonda harakat qildi va foydali o‘yin ko‘rsatdi. Hozirda tarkibimizda ikkita kuchli hujumchi bor. Ayman har bir o‘yin sayin sport formasini tiklab boradi deb umid qilaman. U shu paytgacha individual tarzda shug‘ullanib kelgandi, lekin yakka tartibdagi mashg‘ulot bilan rasmiy o‘yin amaliyotining farqi juda katta.

— «Paxtakor» joriy mavsumda raqiblarini 3:0 hisobida mag‘lub etmagandi. Raqib bunchalik ojizmidi?

— Raqib haqida salbiy fikr bildirish noto‘g‘ri. «Al Husayn» hali o‘z chempionatini boshlamagani va tarkibga 9 ta yangi futbolchi qo‘shilgani ularning zarariga ishladi. Lekin eng muhimi — bizning yigitlar bugun maydonda shunchaki «parvoz» qilishdi!

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?