Rasman: «Manchester Siti» Xeronimo Ruli transferini e’lon qildi

1 daqiqa o'qish105
Rasman: «Manchester Siti» Xeronimo Ruli transferini e’lon qildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «Manchester Siti»
  • 34 yoshli argentinalik darvozabon Xeronimo Ruli bilan shartnoma imzoladi.
  • Ruli «Marsel» klubidan ko'chib o'tdi va «Etixad»da 2028 yil yozigacha amal qiladigan bitimga qo'l qo'ydi.
  • U xalqaro ruxsatnoma olinishi bilan «Siti»ning to'laqonli a'zosiga aylanadi. Bu Rulining «Manchester Siti»dagi ikkinchi faoliyat bosqichi bo'lib, u 2016/2017 yilgi mavsumda klub safida rasmiy o'yinda maydonga tushmagan.

Angliyaning «Manchester Siti» klubi transfer bozoridagi navbatdagi yirik xaridlaridan birini amalga oshirdi. Fransiyaning «Marsel» klubida to‘p surib kelayotgan argentinalik tajribali darvozabon Xeronimo Ruli rasman «shaharliklar» safiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Manchester klubining rasmiy sayti xabar bermoqda.

2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma

Klub tomonidan berilgan rasmiy bayonotga ko‘ra, 34 yoshli posbon xalqaro ruxsatnoma olinishi bilan «Siti»ning to‘laqonli a’zosiga aylanadi. Tajribali darvozabon «Etixad»da 2028 yilning yoziga qadar amal qiladigan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

«„Manchester Siti“ Xeronimo Ruli bilan shartnoma imzolash jarayonini yakunladi. Katta tajribaga ega argentinalik darvozabon Fransiyaning „Marsel“ klubidan „Etixad“ga ko‘chib o‘tdi va 2028 yilgacha mo‘ljallangan bitimga qo‘l qo‘ydi. U yuqori darajadagi musobaqalarda to‘plangan boy tajribasi bilan jamoamizga yordam beradi», — deyiladi «Manchester Siti» matbuot xizmati xabarida.

«Siti»dagi ikkinchi imkoniyat

E’tiborlisi, bu Xeronimo Ruli uchun «Manchester Siti»dagi ikkinchi faoliyat bosqichi hisoblanadi. Argentinalik golkiper 2016/2017 yilgi mavsumda ham «Siti» bilan shartnoma tuzgan, ammo o‘shanda raqobat sabab asosiy jamoa tarkibida birorta ham rasmiy o‘yinda maydonga tushmasdan, Ispaniyaning «Real Sosyedad» klubiga o‘tib ketgan edi.

Oradan yillar o‘tib, «Vilyarreal», «Ayaks» va «Marsel» kabi nufuzli klublar hamda Argentina terma jamoasi safida katta tajriba to‘plagan Ruli «Etixad»ga asosiy tarkib uchun jiddiy raqobatchi sifatida qaytmoqda.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?