Erini o‘ldirgan homilador ayol sudda to‘liq oqlandi

1 daqiqa o'qish480
Erini o‘ldirgan homilador ayol sudda to‘liq oqlandi

Olmaota viloyatida yillar davomida oilaviy zo‘ravonlikdan aziyat chekkan homilador ayol erining o‘limi bilan bog‘liq ish bo‘yicha sudda to‘liq oqlandi. Sud hay’ati ayolning qilmishini qasddan odam o‘ldirish sifatida baholamadi.

Bu haqda qozog‘istonlik huquq himoyachisi Dina Tansari ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Sudda ma’lum bo‘lishicha, ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan uzoq vaqt davomida muntazam kaltaklangan. Hatto ayrim holatlarda eri uni qo‘lida chaqalog‘i bilan qishning sovuq kunlarida ko‘chaga haydab yuborgan. Avvalgi homiladorligi vaqtida ham erkak ayolga og‘ir jarohatlar yetkazgani aniqlangan.

Fojiali voqeadan oldin esa ayol erining xiyonatidan xabar topgan. Bundan g‘azablangan er yana xotiniga qo‘l ko‘targan. Vaziyat keskinlashib ketgach, ayol o‘z hayoti va qornidagi farzandini himoya qilish maqsadida eriga pichoq bilan zarba bergan. Oqibatda erkak vafot etgan.

Ayol o‘sha paytda homilador bo‘lib, uning tug‘ruq sanasi 15 avgustga belgilangan edi.

Sud hay’ati ishdagi barcha holatlarni, jumladan, ayolning yillar davomida zo‘ravonlikka duch kelgani hamda fojia vaqtida o‘zini va homilasini himoya qilishga uringanini inobatga oldi.

Yakunda sud hay’ati ayolni jinoyatda aybdor deb topish uchun asoslar yetarli emas, degan xulosaga keldi va uni to‘liq oqladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?